- Hurmatli fuqarolarimizga shuni ma’lum qilmoqchimizki, belgilangan tartibga ko‘ra issiqlik qozonlari issiqlik mavsumi boshlanishi va tugashi arafasida profilaktik ta’mirdan chiqariladi. Ayni kunlarda mavsum boshlanishidan oldingi profilaktik ta’mir ishlari olib borilyapti.

- Shu o‘rinda aytish joizki, «Toshissiqlikquvvati» DUK tuman bo‘limi ishchi va xizmatchilari tumanimizdagi ko‘pqavatli uylar va ijtimoiy ob’ektlarni issiqlik quvvati bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ishlab kelyapti. E’tibor bergan bo‘lsangiz, qancha-qancha issiqlik quvurlari almashtirildi. Aksariyat paytlari aholi issiq suvdan uzilib qolmasligini ta'minlash uchun soha xodimlari tunda ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Jumladan, joriy yil kuz-qish mavsumiga ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy ob’ektlarni tayyorlash bo‘yicha Toshissiqquvvati DUK tuman bo‘limi tomonidan 

- 40 dona issiqlik qozonlari joriy ta’mirdan chiqarilgan;

- 19 ming 500 metr   eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirilgan;

- 15 ming 100 metrdan ortiq issiqlik quvurlari izolyasiyalari tiklandi;

- 45 ming 612metr issiqlik quvurlari joriy ta’mirdan chiqarildi

- 3 dona nasos stansiyalarni joriy ta'mirlandi;

- 200 donaga yaqin zulfinlarni ta’mirlash va almashtirish ishlari amalga oshirildi;

- 200ga yaqin havodan o‘tgan issiqlik quvurlarining ustunlari ta’mirlandi.

- Hozirda ham profilaktik tekshiruvlarda aniqlanayotgan kamchiliklar bartaraf etilyapti.

Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati.