Nega koronavirus yuqtirgan 350 kishi oʻzining kasal ekanini sezmagan?

    Salomatlik 24 Iyun 2020 3725

    AQShlik mashhur doktor Mehmet Oʻz koronavirusni juda tushunarli qilib taʼrifladi:

    "Bu virusdan qutulish yoʻq, oʻrtoqlar. Unga har birimiz istisnosiz chalinamiz. Hatto koʻpchilik chalinib ham ulgurgan-u, hali oʻzi bilmaydi. Tuzalib ham boʻlgandir. Organizmi virus bilan yashashga allaqachon koʻnikkan yoki virus u tanada hayot topolmay boshqa tanaga oʻtgan. Bu mavzuda eng yaxshi misol "Daymond Prinsess" kemasi. Undagi 3700 yoʻlovchidan 700 tasida virus aniqlangan. Ammo shulardan 350 nafari kasalligini sezmagan ham. Yoshi keksaligiga qaramay yotoqqa tushmay yashamoqda.

    Nega bunday? Chunki oʻsha 350 kishining immuniteti juda kuchli. Yaʼni bu kasallikda eng muhim jihat — bu immunitet. Oramizda immun tizimi kuchli boʻlganlar, sport bilan shugʻullanganlar, toʻgʻri ovqatlanganlar, chekmaydiganlar bu kasallikni umuman sezmaydilar. Balki yengil shamollash kabi oʻtkazib yashayveradilar.

    Viruslar juda tez mutatsiyaga kirishadi. Vaqt oʻtgani sayin virus mutatsiya natijasida yuqqan odamini nobud qilmaydigan holga keladi. Demak, bu virusga qanchalik kech duch kelsak, uning zarari shuncha kam boʻladi.

    Shuning uchun, imkon qadar uydan chiqmay, gigiyenaga rioya qilib, toʻgʻri ovqatlanish, badantarbiya qilish va karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish kerak! Shuni bajarganlar, ishoning, hammadan uzoq yashaydilar!

    XULOSA:

    • Karantinga amal qiling. Virusni qancha kech uchratsangiz, shuncha omadlisiz.
    • Gigiyena. Tozalikka qatʼiy rioya qiling.
    • Meva va sabzavotlar isteʼmol qiling.
    • Immunitetni koʻtaruvchi sarimsoq, qatiq, yogurt kabi mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qiling.
    • Immunitetni mustahkamlovchi vitamin va qoʻshimcha moddalar qabul qiling.
    • Serharakat boʻling va uyda sport bilan shugʻullaning.
    • Chekmang!
    • Suv isteʼmolini koʻpaytiring.