Kechagi oʻyinlar yakuni boʻyicha germaniyalik sportchilar norasmiy jamoaviy musobaqalarda birinchi oʻringa koʻtarilishdi. Ular hisobida 5 ta oltin, 3 ta kumush medal bor.
Nemis mashinasi degan ibora odatda nemis futboliga nisbatan ishlatilsa-da, qishki oʻyinlarga ham germaniyalik sportchilar puxta tayyorgarlik koʻrganini ular erishayotgan natijalar isbotlamoqda.
4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan norvegiyalik sportchilar hozircha ikkinchi oʻrinni band qilib turishibdi. Shvetsiyalik sportchilar uchinchi oʻrinda borishmoqda. Ular 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga egalik qilishyapti.