Tashrif Turizm qoʻmitasi tomonidan “Neputevыye zametki” teledasturining navbatdagi sonini Oʻzbekistonda tasvirga olish maqsadida tashkil etildi.
Butun dunyo boʻylab 10 milliondan ortiq tomoshabinlarni qamrab olgan teledastur ijodkorlari Oʻzbekistonning turizm salohiyati, tarixi, madaniyati va gastronomiyasini nafaqat rus, balki xorijiy tomoshabinlar orasida keng targʻib etish maqsadida, Buxoro va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrining tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, hunarmandlar, milliy taomlarimiz va anʼanalarimiz bilan yaqindan tanishdi.
Shu bilan birga, xorijiy mehmonlarga yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar, hamda sayyohlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.