Аnjumanda “Murad Buildings” kompaniyasi hamda Turkiyaning “Özgüven Architecture” arxitektura byurosi rahbar va xodimlari, horijlik va oʼzbekistonlik tadbirkorlar, jurnalist hamda blogerlar ishtirok etdi.
– Bu loyiha bizga juda katta masʼuliyat yukladi. Chunki Oʼzbekistondagi eng muhtasham binoning qad rostlashi bizga ishonib topshirilgan. Biz investorlar, mijozlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilyapmiz. Yoʼlimizda paydo boʼlgan ayrim muammolarni bartaraf etishda davlatimizning koʼmagiga suyanyapmiz. Masalan, logistika borasida muammolarni hal qilishda barchamizni qoʼllab-quvvatladi. Bu, fikrimcha, moliyaviy yordamga qaraganda qadrliroq, – dedi “Murad buildings”kompaniyasi direktori, Nest one loyihasi hammuallifi Murod Nazarov.
Shuningdek, u oʼz soʼzida aholi uchun qulay va sifatli uylar taqdim etish maqsad qilinganini taʼkidladi. Buning uchun koʼp funktsiyali “Nest One” majmuasi unda istiqomat qiluvchi aholi va tashrif buyurgan mehmonlar uchun imkon qadar koʼproq qulaylik va hotirjamlikni taʼminlash maqsadida, tijorat va turar joy binolarida xavfsizlik tizimini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratadi.
Matbuot anjumani davomida qurilish borasida jurnalist va blogerlar, tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi. Takliflar tinglandi.
Qatnashchilar anjuman soʼnggida binoning 32-qavatiga taklif qilindi. Sayohatchilar muhtasham Toshkent shahrini yuqoridan, aholi istiqomat qilishi kutilayotgan baland nuqtalarning biridan tomosha qildi. Quyosh botishi, kechki Toshkent barchaga yoqimli hayrat ulashdi.