Bu haqda yahudiy davlati bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma'lum qildi, deb xabar beradi uning idorasi.
“Biz (Isroil) Livanning barcha hududlarida, jumladan, Bayrutda “Hizbulloh”ga shafqatsizlarcha zarba berishda davom etamiz”, dedi Netanyaxu Livan hududidan hujumga uchragan Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) bazasiga tashrifi chog'idagi videomurojaatida.
Bosh vazirning so'zlariga ko'ra, mamlakat maqsadi Isroilni yo'q qilishga qaratilgan eronning “yovuzlik o'qi”ga qarshi qiyin kurash olib bormoqda. “Biz (Isroil) kurashni davom ettirmoqdamiz, janglar og'ir kechmoqda, lekin biz ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz”, dedi bosh vazir.
13-oktabr kuni kechqurun Isroil armiyasi “Golani” brigadasi askarlari mashg'ulot o'tkazayotgan Bin`yamina yaqinidagi bazasiga Livandan “Hizbulloh” shia tashkilotining qurolli tuzilmalari tomonidan uchirilgan uchuvchisiz qurilmasi tomonidan hujum qilingani haqida xabar bergan edi. Armiya to'rt nafar askarning o'limini rasman tasdiqladi – ularning barchasi “Golani” brigadasining oddiy askarlari. Yetti nafar askar og'ir yaralandi, deb xabar beradi report.az.