Jadidlar milliy davlatchilik poydevorini yaratish, yurtning huquqiy va ayniqsa, iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash yoʻlida ham ulkan tarixiy ishlarni amalga oshirish yoʻlida jon fido qildilar.
Ana shunday buyuk millat
fidoyilaridan biri, qatagʻon qurboni — Abdurauf Fitratdir. Koʻpchilik Fitratni mutafakkir, shoir, dramaturg va
maʼrifatparvar sifatida yaxshi biladi. Uning badiiy va ilmiy merosi maktab
darsliklaridan mustahkam oʻrin olgan. Ammo milliy davlatchiligimiz, xususan,
iqtisodiyot va moliya tizimini yaratishdagi ulkan xizmatlaridan hamma ham
xabardor emas.
Tarixiy manbalarga koʻra, Abdurauf
Fitrat
1921–1922-yillarda
Buxoro Xalq Respublikasining yuqori rahbarlik lavozimlarid, jumladan, yurtning iqtisodiy poydevorini
mustahkamlashga bosh-qosh boʻlib, Xalq xoʻjaligi va iqtisodiy rivojlanish
kengashi rahbari, Hukumat plan va smeta tashkiliy hayʼatining raisi kabi eng
masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Ushbu davrda u oʻz vakolatlari va davlat
mablagʻlaridan eng strategik maqsadlarda — millat kelajagi uchun foydalana
oldi. Xususan, aynan Fitratning tashabbusi va moliyaviy qoʻllab-quvvatlovi
bilan 70 nafar turkistonlik iqtidorli yoshlar davlat hisobidan
Germaniyaga oʻqishga yuborildi. Shuningdek, noyob ilmiy qoʻlyozmalarni toʻplash
va yangi maktablar tashkil etishga katta eʼtibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, moliyaviy
barqarorlikka erishish va mablagʻlarni kelajak avlod taʼlimiga yoʻnaltirish
kabi ulugʻ gʻoyalar bugungi kunda oʻzining chinakam ifodasini topmoqda. Soliq
tizimi orqali budjet tushumlarini taʼminlab, yurtimiz iqtisodiyotini
mustahkamlash yoʻlidagi har bir qadam, shubhasiz, Fitrat kabi millat
fidoyilarining ozod va farovon Vatan haqidagi ezgu maqsadlariga hamohangdir.
Millatparvar ajdodlarimizning davlat
boshqaruvi va iqtisodiyot sohasidagi buyuk merosini oʻrganishda davom etamiz!
A’zamjon ABULFAYZOV