Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Davolanish uchun kelganlar soni boʻyicha Tojikiston yetakchilik qilmoqda – 24 293 nafar. Bu jami koʻrsatkichning 52,6 foizini, yaʼni yarmidan koʻpini tashkil etadi.

Keyingi oʻrinlarda Qirgʻiz Respublikasi – 11 853 nafar va Qozogʻiston – 7 022 nafar bilan qayd etilgan. Shuningdek, Afgʻonistondan 1 596 nafar, Rossiyadan 1 225 nafar, boshqa davlatlardan esa 168 nafar fuqaro davolanish uchun kelgan.