Bu haqda 15-oktabr, seshanba kuni NU.nl xabar berdi.
Qayd etilishicha, virus Niderlandiyaning Utrext viloyatida qo'yda, shuningdek, ikkita fermada sigir va uning buzoqlarida aniqlandi.
“Virusning ushbu variantiga qarshi vaktsina hozircha mavjud emas. Virusning mazkur varianti oldin Niderlandiyada uchramagan, ammo Yevropadan tashqari boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan”, deyiladi xabarda.
Blutanga virusi yuqumli kasallik bo'lib, boshqa belgilar qatorida uni tilning ko'karib qolishi orqali ham aniqlash mumkin. Faqat kavsh qaytaruvchi hayvonlar bu virusni yuqtirishga moyil bo'ladi, shuning uchun asosan qoramol, qo'y va echkilar zarar ko'radi. U ma'lum turdagi pashshalarning chaqishi orqali yuqadi.
Odamlar uchun virusni yuqtirish xavfi yo'q. Virusni yuqtirgan hayvonlarning go'shti va sutini cheklovlarsiz iste'mol qilish mumkin. Ulardan tayyorlangan boshqa mahsulotlar ham odamlar uchun zararsiz va iste'molga yaroqli, deb xabar beradi korrespondent.net.