“Roboat III” deb nomlangan qurilma bir vaqtning oʼzida 5 tagacha yoʼlovchi yoki 1500 kg yukni tashib yurish imkoniyatiga ega.
Boshqaruvchisiz qayiq taksi Massachusets texnologiya instituti va Аmsterdam ilgʼor shahar yechimlari instituti muhandislari hamda ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan.
Qayiq birinchi marta 2015-yilda sinovdan oʼtkazib koʼrilgan. U toʼlaqonli taksi sifatida xizmat koʼrsatish uchun yana bir necha bor oʼzgartirildi. Elektr qayiq toʼliq quvvat bilan 10 soatgacha ishlaydi va soatiga 12 km tezlik bilan harakatlanadi.