Reuters xabariga ko'ra, bu haqda mintaqa hokimiyati rasmiysi ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, yo'lovchilar Kogi shtatidagi Ibadzi tumanidan qo'shni Edo shtatidagi Ilushi bozoriga ketayotgan bo'lgan, ularning qayig'i ag'darilib ketgan.
Nigeriyada yomg'irli mavsumda daryolar qirg'oqlaridan toshib, oqim kuchayganda halokatlar ko'p sodir bo'ladi.
Yo'l infratuzilmasi yomon holatda bo'lgan Nigeriya qishloqlarida qayiqlar asosiy transport vositasi bo'lib qolmoqda, deb xabar berdi report.az.









