Nigina Abduraimova Abu-Dabidagi turnirni gʻalaba bilan boshladi

    Tennischimiz bugun qozogʻistonlik raqibasiga qarshi kortga chiqadi.

    Nigina Abduraimova Abu-Dabidagi WTA turniridagi ishtirokini saralash bosqichidan boshladi. Tennischimiz musobaqadagi ilk oʻyinini fransiyalik Dian Parriga qarshi oʻtkazdi.

    1 soat 11 daqiqa davom etgan oʻyinda Nigina raqibasini 6:3, 6:3 hisoblarida magʻlub etdi va saralashning ikkinchi davrasiga yoʻl oldi.

    Endi u bugun ikkinchi davrada qozogʻistonlik Yuliya Putinsevaga qarshi kortga chiqadi.

    Taekvondochilarimiz yuksak natija koʻrsatdi: 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza