Biroz avval turnirda 3-raqam ostida saralangan tennischimiz Nigina Abduraimova chorak final bahsida rossiyalik Tatyana Barkovaga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan uchrashuvda Abduraimova raqibasini 6/2, 6/2 hisobida magʻlub etib, turnirning yarim finaliga yoʻl oldi.
Nigina “W25 Nur-Sultan 2” turniri yarim finalida musobaqaning 1-raketkasi, yaponiyalik Moyuka Uchijimaga qarshi bahs olib boradi.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Abduraimova WTA reytingida 194, Uchijima esa 163-oʻrinni egallab turibdi.