Go FlyEase modelida tagcharmga noyob oshiq-moshiq oʻrnatilgan. Poyafzal yechilganda uning asosiy qismi tepaga koʻtariladi, ora tomoni esa boshqa tomonga ogʻadi.
Krossovkani kiyish uchun oyoqni poyafzalga kiritgach tovonni pastga bosish yetarli boʻladi.
Jarayon koʻpchilik oyoq kiyimini kiyadigan va yechadigan harakatdan deyarli farq qilmaydi, shuning uchun bunda inson intuitsiyasi ham yordam beradi moslashish koʻp vaqt talab etmaydi.
Go FlyEaseda bogʻichlar yoʻq. Ular oʻrniga tagcharm oraligʻida joylashgan rezina qoʻllaniladi va u oyoqni ishonchli oʻrnashishiga yordam beradi.
Nike Go FlyEasening uchta rangini namoyish etdi. Krossovkalar 120 dollar yoki 1 900 Rossiya rublida baholanadi.
15-fevraldan Go FlyEaseni Nikening bir qancha mijozlari xarid qilishi mumkin. Ommaviy sotuv esa 2021-yil oxirida boshlanadi, deb xabar beradi iPhones.ru