Nima uchun ba'zi odamlarga virus yuqmaydi?

    Ba'zi odamlar koronavirusga chalingan bemor bilan ko'p bor aloqada bo'lishiga qaramay infeksiyani yuqtirmasligi mumkin — bu virusga irsiy qarshilik yoki immunitet tizimining ma'lum bir ta'siri bilan izohlanadi.

    Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash bo'yicha ilmiy-axborot markazi direktori, immunolog Georgiy Vikulov URA.Ruga bergan interv`yusida shu haqda gapirdi.

    Shunday odamlar toifasi bor, ular koronavirus bemorlari bilan takroriy aloqada bo'lsada, kasallik yuqtirmaydi. SHaxsiy himoya vositalaridan foydalanmagan taqdirda ham ularga infektsiya ta'sir qilmaydi.
    “ehtimol, bu immunitet tizimining natijasidir. Balki bunga virus miqdori, yukining kamligi sabab. YOki ushbu omillarning yig'indisi bo'lishi mumkin”, — dedi Vikulov. Shu bilan birga, u COVID-19 bilan bog'liq genetik tadqiqotlar davomida aniqlanadigan boshqa omillar ham bunga sabab bo'lishi mumkinligini aytdi.

    Bunday tadqiqotlar koronavirus infektsiyasini davolashni zamonaviylashtirishi mumkin, deb ta'kidladi mutaxassis. Masalan, u OIV va gepatitni o'rganish doirasida olib borilgan tadqiqotlarni keltirdi. “Biz bemorlar orasida “progressiv bo'lmaganlar”ni topdik. Bu gepatit bilan kasallangan bemorlarni davolashda yordam berdi”, — deya tushuntirdi u.