Nodavlat OTMlardan hech qanday majburiy foiz undirilmaydi – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy taʼlim kengashi nodavlat OTMlar rahbarlarini yigʻib, kontraktdan tushadigan mablagʻlarning 4 foizini oʻtkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tarqatgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shaklidagi oʻqitishdan tushadigan mablagʻlaridan hech qanday majburiy foiz undirilmaydi.

    Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shaklidagi oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar boʻyicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy taʼlim kengashiga yoʻnaltirish masalasi yana muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy taʼlim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor maʼlum qiladi.

    Shu oʻrinda, vazirlik davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlashni oʻzining ustuvor vazifalardan biri deb bilishini, eslatib oʻtamiz, — deyiladi xabarda.