Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli WR Chess Masters turniri oʻtkazilmoqda.

Bugun grossmeysterlar 6-turda oʻzaro munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2734) tur doirasida hindistonlik Dommardju Gukesh (2718)ga qarshi qora donalarda oʻynaydi. Abdusattorov kecha 5-turda germaniyalik Vinsent Kaymerga imkoniyatni boy berib qoʻygandi.

Bugungi 6-tur oldidan Nodirbek 5 imkoniyatdan 2 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida qoʻshimcha imkoniyatlarga koʻra 9-oʻrinni egallab turibdi. Oltinchi pogʻonadagi Keymerda ham 2 ochko bor. AQSH vakili Levon Aronyan 4 ochko bilan musobaqada peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kuchli uchlikni yakunlab turgan Uesli So va Gukesh 3 ochkodan jamgʻarishgan.

WR Chess Masters. 6-tur juftliklari:

Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2718) - Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston, 2734),

Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2729) - Vinsent Keymer (Germaniya, 2690),

Anish Giri (Niderlandiya, 2780) - Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2690),

Uesli So (AQSH, 2766) - Levon Aronyan (AQSH, 2736),

Yan Nepomnyaщiy (Rossiya, 2793) - Andrey Yesipenko (Rossiya, 2675).