Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Hozircha musobaqada 12 ta tur oʻyinlari ortda qoldi. Bugun soʻnggi, 3 ta tur bahslari tashkil etiladi.
Soʻnggi kun oldidan hamyurtimiz 16 ishtirokchi orasida 18 ochko jamgʻargan holda 7-oʻrinni egallab turibdi.
Birinchi oʻrinni rossiyalik Yan Nepomnyashiy band etgan boʻlsa (27 ochko), ikkinchi pogʻonaga norvegiyalik Magnus Karlsen (20 ochko) joylashgan. Uchinchi oʻrindagi rossiyalik Vladislav Artemyev hisobida ham 20 ochko bor.
Saralash bosqichi yakuniga koʻra, eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi pley-off bosqichida gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Pley-offda esa har bir oʻyin muhim ahamiyatga ega, boisi yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa yakunlanadi.