Shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat koʻrsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi.
Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul koʻrsatiladi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalarini davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli roʻyxatga kiritilgan.
Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish huquqiga ega.
Nogironligi boʻlgan shaxslar ayrim mahsulotlar bilan bepul taʼminlanadi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
Mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.