Yaʼni, Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga (oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining) yoʻnaltiriladigan toʻlovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.
Shuningdek, oʻzining, farzandlarining yoki erining (xotinining) oʻqishi uchun toʻlanganda soliq chegirmasi jismoniy shaxs – taʼlim oluvchiga, uning ota-onalariga, shuningdek, agar oʻqish uchun toʻlov taʼlim oluvchi yigirma olti yoshga toʻlguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa xotiniga (eriga) beriladi.









