– Oʻzbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimiz Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqdaman.
Mamlakatimiz rahbariyatining “Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat, u oʻz siyosatini ijtimoiy adolat tamoyili asosida yuritadi” kabi gʻoyalarini va bu boradagi saʼy-harakatlarini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.
Jumladan, nogiron bolalar uchun taʼlimning boshlangʻich bosqichidan oliy taʼlim tizimigacha maxsus shart-sharoitlar yaratilishi hamda maʼnaviy va jismoniy qoʻllab-quvvatlanishi tarafdoriman. Nogironlarni parvarishlovchi mutaxassislarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega.
Shubhasiz, nogironlarga eʼtibor koʻrsatilishi hozirgi zamonning insonparvarlik talablaridan biridir.
Oʻzbekiston qonunchiligida ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlar va ularning amalda bajarilishi munosib eʼtiborni talab qilmoqda.