Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qoʻmitasi, tegishli sport federatsiyalari, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi.
Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shugʻullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini oʻtkazib boradi.
Davlatimiz rahbari nogironligi borlar hayoti va erishgan yutuqlari toʻgʻrisida taʼsirchan mediakontent, filmlar tayyorlash muhimligini taʼkidladi.
Telekanallarda informatsion, ayniqsa, bolalar dasturlari efirining muayyan qismini surdotarjima, subtitr yoki “yuguruvchi satr” bilan namoyish etish zarurligi qayd etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar qalbida oʻziga ishonch va qatʼiyat tuygʻusini oshiradigan badiiy asarlar yaratilsa, maqsadga muvofiq boʻlishi taʼkidlandi.