Samarqand IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayevning maʼlum qilishicha, Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Ishtixon tumani Ravot qishlogʻida yashovchi fuqaro A.Gʻ. boʻynida zanjir bilan bogʻlanganligi holati yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Holat 2022-yil 15-noyabr kuni sodir boʻlgan.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Ishtixon tumani Ravot MFY Ravot qishlogʻida yashovchi 2001-yilda tugʻilgan fuqaro A.Gʻ. (tugʻma nogiron (kar-soqov)) 2004-yilda “Samarqand eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun” №-61 sonli maxsus maktab internatida oʻqib, 12-sinfni tugatgan, 2003-yildan buyon Ishtixon tumani Ravot MFY Ravot qishlogʻida yashovchi togʻasi J.A.ni qoʻlida tarbiyalaganligi, togʻasi uni ushbu maxsus maktabda oʻqitganligi aniqlandi.
Ushbu fuqarodan mutaxassis (surdopedagog) ishtirokida tushuntirish olinganda, u uyidagi roʻzgʻor yumushlarini bajarmaslik uchun oʻzini-oʻzi metal zanjir bilan bogʻlab, qulf osib, u bilan birga turuvchi akasi (tugʻma nogiron (kar-soqov)) A.M.dan ushbu holatni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishini soʻrab, shu yoʻl bilan uy ishlaridan qutilishni maqsad qilganligini, ishidan pushaymonligini, hech kimga daʼvosi yoʻqligini bayon qilgan.
Fuqaroning togʻasi J.A.dan tushuntirish olinganda, u jiyaniga nisbatan bu kabi harakatlarni sodir etmaganligi, holatni ijtimoiy tarmoqqa chiqqanidan soʻng bilganligini bayon qilgan.
Fuqaro Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda, uning tanasida hech qanday tan jarohatlar aniqlanmagan.
Taraflardan tushuntirishlari hamda holat oʻrganilib, holat yuzasidan jinoyat ishini qoʻzgʻatishdan rad qilish haqida qaror qabul qilingan.