Bundan ikki oy avval dunyoning ba'zi mamlakatlarida tarqala boshlagan noma'lum infeksiya bolalarning jigariga ziyon etkazib, og'ir holatlarni keltirib chiqarmoqda.
“Hozircha infeksiya aniqlangan mamlakatlar soni 34 tani tashkil etmoqda. Yana 112 nafar kichik yoshli bemorda tekshiruvlar o'tkazilyapti”, deydi Tedros Gebreyesus so'nggi bayonotida.
Eng yomoni, mazkur xavfli xastalik og'ir asoratlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, 10 nafar bola infeksiya oqibatida hayotdan ko'z yumgan, 8 nafari esa jigar transplantatsiyasiga muhtoj. JSST bosh direktorining ta'kidlashicha, kasallik bundan ham kengroq ko'lamda tarqalib ulgurgan bo'lishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida: Bu noma'lum xastalik sarg'ayish, diareya va qorin og'rig'i kabi umumiy belgilar bilan namoyon bo'lmoqda. Qolaversa, ba'zi hollarda isitma, tomoq og'rig'i, yo'tal hamda oshqozon va ichaklar yallig'lanishi kabi asoratlarni ham keltirib chiqaryapti. Bu haqida Sog'liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.