Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Nonisangil” mahallasi aholi bandligini taʼminlash borasida juda qulay imkoniyatlarga ega. Hudud baliqchilikka ixtisoslashgan.
Bugungi kunda “Obod qishloq” dasturi boʻyicha mahallada olib borilgan katta hajmda obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash ishlari har bir fuqaroning yuzida quvonch, qalbida shukronalik uygʻotadi.
Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan “Nonisangil” mahallasida “Bir mahalla bir mahsulot” mavzusida amaliy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda qayta chiroy ochgan obod koʻchalar, sarishtali-fayzli xonadonlar, mahallaning oʻsish drayveri – baliqchilikka oid koʻrgazmalar tashkil etildi.