баннер
7 Apr 2025
10:37

    Noqonuniy baliq ovlaganlar qoʻlga tushdi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari tomonidan ekologik jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tezkor nazorat tadbiri oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Taxiatosh tumani hududida joylashgan tabiiy koʻlda 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan usulda baliq ovlanayotganligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, qonunbuzarlar jami 5 ta zogʻora, 1 ta ilonbaliq, 195 ta doʻng peshona, 2 ta karas hamda 5 ta qilich baliqlarni noqonuniy tarzda ovlagan. Oqibatida tabiatga 752 million 625 ming soʻm zarar yetkazilgan.

    Hozirda holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech