Ushbu “mayning-ferma” elektr tarmogʻidan noqonuniy foydalanishi natijasida 4 mlrd. soʻmga yaqin moddiy zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan OʻzR JKning 192 prim 11-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov, tezkor-qidiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192 prim 11-moddasi 2-qismi “a” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.