Noqonuniy ov hayvonot dunyosiga katta zarar keltirdi

    Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi viloyat prokuraturasi va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

    Tadbir davomida Sardoba suv omboridan fuqarolar S.Q va Sh.E taqiqlangan usullar va ov qurollari bilan 6 turdagi 388 dona baliq ovlaganligi aniqlandi.

    O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 35, 53-moddalari talabini buzgan huquqbuzarlarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hayvonot dunyosiga 105 million 870 ming so‘m miqdorda zarar belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi sababli ushbu holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish maqsadida prokuraturaga taqdim etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

    Huquqbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida 2 dona rezina qayiq, 4 dona eshkak va 4 dona uzunligi 320 metr baliq tutishga mo‘ljalangan to‘rlar olib qo‘yildi.