Noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullananib kelgan shaxslar ushlandi

    Surxondaryo viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani va Termiz shahri boʻlimlari tomonidan noqonuniy mahsulotlarning savdosini aniqlash boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “F.S.” MCHJ rahbari S.I. hamda YATT B.X. qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelganliklari aniqlanib, ularning savdo doʻkonlaridan xorijda ishlab chiqarilgan jami 3 723 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1 moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.