Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, oʻtkazilgan reyd davomida shaharning Gulbogʻ MFY va Azim ota chegara hududida xodimlar kech soat taxminan 19:30da fuqaro U.S. oʻziga tegishli boʻlgan ov quroli yordamida muhofaza qiladigan hududda 1 dona “qirgʻovul“ (fazan) noqonuniy ovlagani aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha huquqbuzarga nisbatan MJTKning 90-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzildi hamda jarima chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, ov quroli Angren shahar Ichki Ishlar boʻlimiga topshirildi.