Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpogʻistonda va yana ikkita viloyatda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar aniqlanib, tegishli tartibda qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan F.B. fuqaro B.I.ga jami 3 800 AQSH dollarini 48 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan X.X. fuqaro X.I.ga jami 3 800 AQSH dollarini 48,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Departamentning Boʻzatov tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan J.B. fuqaro B.A.dan jami 300 ming Rossiya rublini 40,2 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.