Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Sh.I. fuqaro F.O.ga jami 4 000 AQSh dollarini 50,7 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ushlanib, 4 000 AQSh dollari va 18,3 mln soʻm pul mablagʻlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan F.K. fuqaro М.Х.ga jami 2 900 AQSh dollarini 36,8 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.