Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasiga tegishli, Moskvadan Qarshiga yoʻl olgan A47095 reysi Samarqand aeroportiga yoʻnaltirildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da bortida 100 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot aeroportga kelib qoʻndi.
Ob-havo yaxshilanishi bilan reys Samarqanddan Qarshiga joʻnab ketish kutilmoqda.