Noqulay vaziyatga tushib qolgan yigitga yordam berildi

    Shu yilning 26-mart kuni Toshkentda bir yigitning oyogʻi ehtiyotsizligi oqibatida yoʻl chetidagi lotokning temir panjarisiga tiqilib qoldi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

    Voqea yarim tunda, soat 01:45 da sodir boʻlgan. Yigit Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga 1050 qisqa raqamlari orqali murojaat qilgan.

    Xabarga koʻra, qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib kelib, maxsus qutqaruv anjomlari bilan yigitga amaliy yordam koʻrsatdilar.