Shuni ta'kidlash joizki, normativ hujjatni qabul qilish sub'ektlar uchun turli xil xarakterdagi ayrim xarajatlarni o'z ichiga olashi mumkin. Bunday xarajatlarga  hujjat loyihasini ishlab chiqishni boshlagan davlat organining hujjatni tayyorlash, takomillashtirish, qabul qilish va bajarilishini nazorat qilish bilan bog’liq xarajatlarini o'z ichiga oladi. Xarajatlarning yana bir misoli sifanida normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilish bilan bog’liq yuzaga keladigan tadbirkorlik sub'ektlarining xarajatlarini keltirish mumkin.

Yuqoridagi misollar shuni ko'rsatadiki, har ikkala turdagi xarajatlar umuman olib qaraganda ma'muriy xarajatlar bilan bog'liq bo’lib tartibga solish jarayoni xarajatlarining bir qismidir. Ta’kidlash lozimki, sub’yektlarning qabul qilingan hujjat qoidalariga rioya qilishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini aniqlash juda qiyin masala hisoblanadi.

Iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi shuni ko'rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solishni kengaytirish tarafdorlari va, bu jarayonga qarshi tomonlar ham mavjud.

Shu sababli, davlat tomonidan tartibga solish oqibatlarini baholash tizimi "aqlli tartibga solish" kontseptsiyasining o'rni juda muhim hisoblanadi va usbu kontseptsiya davlat tomonidan tartibga solish tarafdorlari va qarshilarining pozitsiyalarini muvozanatlashga qaratilgan.

Davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishning asosiy maqsadi amaldagi qonunchilikni "soddalashtirish", unga rioya qiladigan sub'ektlar uchun oson tushuniladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish nuqtai nazaridan ko'rib chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishning maqsadi davlat va manfaatdor tomonlar o'rtasida aloqa o'rnatishdir. Bunday aloqa manfaatdor sub'ektlarning fikrlarini hisobga olishni ta'minlash orqali amalga osirilishu lozim.

Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun ishlab chiqilayotgan tartibga solish choralarini baholashning davriy xususiyatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik sub'ektlarining fikrlarini nazarda tutadigan harakatlar majmuini ishlab chiqish lozim.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari bilan maslahatlashuvlar tashkil etish, ishlab chiqilayotgan hujjat, shuningdek manfaatdor subyektlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni ko 'rib chiqish natijalari to' g ' risida axborot berish tartibini belgilash maqsadga muvofiqdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash joizki tartibga solish ta'sirni baholash tizimi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha davlat boshqaruvini tubdan o'zgartiradi, bu esa ushbu yo'nalishda davlat boshqaruvining shaffofligini oshirishga yordam beradi, tadbirkorlik sub'ektlariga normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi, qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish tartibini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi,  davlat va tadbirkorlik hamjamiyati o'rtasida muloqot o'rnatilishiga asos bo'ladi.

 

 Bobur Muqumov

Toshkent davlat yuridik universiteti

Intellektual mulk huquqi kafedrasi o‘qituvchisi