Hujum uyushtirgan shaxs poyezd Novosibirsk viloyatiga (Rossiya Federatsiyasi) yetib kelganida qo'lga olindi. Jinoiy ish qo'zg'atildi, deb xabar berdi IIV vakili Irina Volk Telegramda.

Uning so'zlariga ko'ra, hujum uyushtirgan shaxs erkak va ayolni pichoqlagan. Poyezd Novosibirsk viloyatining Barabinsk vokzaliga yetib kelganida, politsiya yo'lovchilarni vagondan evakuatsiya qilgan, so'ngra gumonlanuvchini qo'lga olgan.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizildi, jarohatlarning og'irlik darajasi haqida ma'lumot berilmadi. Qo'lga olingan shaxs navbatchilik qismiga olib ketildi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30 va 105-moddasi (qotillikka urinish) moddasi bo'yicha jinoiy ish ochildi. Jinoyatchining maqsadi nima bo'lgani noma'lum, deb xabar beradi kommersant.ru.