Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning noyabr oyida isteʼmol sektorida tovar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,7 foizga oʻsgan. Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 107,5 foizni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 foiz bandga pasaygan (2024-yil noyabrda — 110 foiz).
Qayd etilishicha, oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,0 foiz, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foiz, aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgan.
Inflyatsiyaga eng katta taʼsir koʻrsatgan mahsulotlar
Oziq-ovqatlar guruhida qator mahsulotlar narxi sezilarli oshgan. Jumladan:
- bodring — 96,0 foiz
- pomidor — 82,2 foiz
- bulgʻor qalampiri — 61,2 foiz
- baqlajon — 51,7 foiz
- uzum — 12,1 foiz
- anor — 7,9 foiz
- tovuq tuxumi — 2,4 foiz
- quy goʻshti — 0,8 foiz
- kartoshka — 0,7 foiz
- birinchi navli un — 0,5 foiz
Shu bilan birga, ayrim mahsulotlar narxi pasayib, umumiy inflyatsiya darajasini biroz tushirgan. Ular qatorida
- sabzi (-26,1 foiz),
- sholgʻom (-7,1 foiz),
- guruch (-4,5 foiz),
- shakar (-2,9 foiz),
- piyoz (-2,5 foiz),
- banan (-1,3 foiz) va parranda goʻshti (-1,2 foiz) bor.
Nooziq-ovqatlar va xizmatlar bozoridagi oʻzgarishlar
Noyabr oyida nooziq-ovqat tovarlari narxlari oʻrtacha 0,5 foizga oshgan. Eng yuqori oʻsish:
- propan — 7,4 foiz
- benzin — 1,7 foiz
- sement — 1,4 foiz
- kiyim-poyabzal — 0,7 foiz
Hisob-kitoblar jarayonida mamlakat boʻylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar oʻrganilgan. Monitoring doirasida 420 turdagi tovar va 90 turdagi xizmat bahosi qayd etilgan.








