Forish tumanidagi “Nurota” davlat qoʻriqxonasi xududini ham qalin qor qoplagan. Qalin qor natijasida qoʻriqxona xududida qoʻriqlanayotgan “Qizil kitob”ga kiritilgan “Qizilqum” (Sversov) qoʻylari va turli noyob qushlar va boshqa jonivorlar oziqlanadigan ozuqalar qalin qor ostida qolgan.
“Nurota” davlat qoʻriqxonasi jamoasi aʼzolari qalin qor va anomal sovuqqa qaramay “Qizil kitob”ga kiritilgan “Qizilqum” (Sversov) qoʻylari va turli noyob qushlar hamda boshqa jonivorlarni qishdan betalofat olib chiqish maqsadida qoʻshimcha oziqlantirishni yoʻlga qoʻyishdi.
Qoʻriqxona jamoasi aʼzolari qoʻriqxona xududidagi jonivorlar oziqlanadigan joylarga omuxta yem tarqatishmoqda.