Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning “Centrum Air” aviakompaniyasi joriy yil 3-iyul kuni “Nukus – Oqtov – Nukus“ yoʻnalishi boʻyicha yangi muntazam reysni yoʻlga qoʻydi.

Yangi reysning ochilishi munosabati bilan Oqtov xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir Bosh konsulxona va Mangistau viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Har hafta ikki marta amalga oshiriladigan muntazam parvozlar Oʻzbekistonga sayyohlar oqimining oshishiga, oʻzaro tashriflar sonining koʻpayishiga, savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.