Qarorga koʻra:

➖ Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi tashkil etildi;

➖ Milliy gvardiyaning Fargʻona oʻquv markazi Fargʻona mintaqaviy oʻquv markaziga, Dashtobod oʻquv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirildi.

Mazkur mintaqaviy oʻquv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda taʼminlanadi:

Milliy gvardiyaning Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;

Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;

Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.

Mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.