Nukusdan Olmaotaga muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda

    1-iyundan boshlab Uzbekistan airways aviakompaniya xizmatlaridan foydalanib, Nukusdan Olmaotaga sayohat qilish mumkin.

    Parvozlar chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

    Nukusdan joʻnab ketish soat 10:05, Nukus vaqti bilan;

    Olmaotaga yetib kelish soat 12:15, Olmaota vaqti bilan;

    Olmaotadan joʻnab ketish soat 13:15, Olmaota vaqti bilan;

    Nukusga yetib kelish soat 15:45, Nukus vaqti bilan.