Davlat rahbari tantanali tasmani yechib, yodgorlikka gul qoʻydi. Yigʻilganlar oldida nutq soʻzladi.
Qosim-Jomart Toqayev mazkur yodgorlik koronavirusga qarshi kurashgan va bu borada jasorat koʻrsatgan insonlar, xususan, shifokorlarga nisbatan chinakam ehtirom ramzi ekanini taʼkidladi.
Davlat rahbari sogʻliqni saqlash sohasining deyarli 10 ming nafar vakili koronavirusga chalingani, ularning 200 nafardan ziyodi ushbu kasallik oqibatida vafot etganini taʼkidladi.
Prezident sogʻliqni saqlash tizimi xodimlariga murojaat etar ekan, pandemiya sharoitida davlat shifokorlar hamda tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni ragʻbatlantirish choralarini koʻrganini ham qayd etdi.
Shuningdek, davlat rahbari “Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan shifokor” unvonini taʼsis etish taklifini ilgari surdi.