Muloqot chogʻida oʻzaro hamkorlik masalalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Nurafshon-Korea New City” yangi shahar loyihasini amalga oshirish, shaharni rivojlantirish boʻyicha tuzilma konsepsiyasi va rejalari xususida atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar oʻrtasida “Nurafshon-Korea New City” loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi. “TDC Co. Ltd” kompaniyasi hamda Janubiy Koreya-Oʻzbekiston biznes uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihada 150 gektar yer maydonida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga Janubiy Koreya tipida shaharcha bunyod etilishi koʻzda tutilgan. Uning roʻyobi 2022-2026-yillarni qamrab olishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Koreya yongʻin sanoati assotsiatsiyasi raisi Pak Jong Von bilan yongʻinga qarshi oʻquv majmuasi loyihasi boʻyicha memorandum imzolandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, shuningdek, oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish maqsadida muntazam ravishda, shu jumladan, videokonferensaloqa tarzida muzokaralar olib borishga kelishib oldi.