Xususan, Toshkent viloyat IIBB, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida oʻtkazgan “tezkor tadbir” davomida, yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan 27 nafar shaxslar aniqlanib ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi IIBB Axborot xizmati.

Avvalroq, viloyat IIBB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazilayotgani va uning natijalari eʼlon qilib borilishi haqida xabar berilgan edi.