Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev tomonidan umumta'lim maktablarida musiqa va san'atni rivojlantirish uchun yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasiga 300 mln. so'm pul mukofoti berildi.

Mahallalarda kutubxona ochish uchun tashabbuskor yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 500 mln. so'm mablag'lar ajratildi. Tuman-shaharlar o'rtasida eng namunali faoliyat yuritib kelayotgan mahalla yoshlar yetakchilaridan 1-o'rinni egallaganlarni rag'batlantirish maqsadida pul mukofotlari topshirildi. Ikkinchi o'rinni egallagan yoshlar yetakchilariga Xorazm viloyatiga sayohat qilishlari uchun yo'llanmalar taqdim etildi.

Viloyat hokimi tadbirni tomosha qilayotgan imkoniyati cheklangan yoshlarimiz bilan ham samimiy suhbat qurib, sovg'alar ulashdi.

Festivalda estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida go'zal, sho'x-shodon taronalar yoshlarga yuqori kayfiyat bag'ishladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.