Ma'lumki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda qurilish sanoati ham jadal rivoj topmoqda.

Xususan, hozir Toshkent viloyatida ham ko'plab ana shunday mahsulotlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan korxonalarning soni yil sayin ortib, sifatli va bozorbop binokorlik materiallarini ishlab chiqarish muvaffaqiyatli o'zlashtirilayapti. Unda viloyatning barcha hududlaridan 20 ga yaqin tadbirkorlik sub'ektlari hamda tarmoq korxonalarining vakillari qatnashmoqda. Ular tomonidan 100 dan ziyod turdagi qurilish texnikalari, mahsulotlar, turli sanoat uskunalari va jihozlar ko'rgazmasi namoyish etilayapti.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari SHuhrat Hakimov sohada olib borilayotgan tizimli sa'y-harakatlar o'z samarasini berib, viloyatimizning turli manzillari ulkan qurilish va bunyodkorliklar markaziga aylanib borayotganini alohida ta'kidladi.Tadbir davom etadi.

Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati