Mukofot jamgʻarmasi 2,6 million yevroga teng mazkur musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda.
17 ta sport juftligi qatnashayotgan kecha boʻlib oʻtgan konkur bahslarida hamyurtimiz, 22-raqam ostida harakat qilgan Nurjon Tuyakboyev va uning “Kvintus” laqabli oti toʻsiqlar balandligi 160 sm boʻlgan yoʻnalishni muvaffaqiyatli bosib oʻtdi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. U atigi ikkita toʻsinni tushirib yubordi, xolos.
Endi Nurjon 3-tartib raqam ostida jahon chempionati yetakchisi shvetsiyalik Xenrik fon Ekkerman hamda uning «King Edward« tulporiga qarshi bahsda ishtirok etadi. Bellashuvlar bugun kechki dasturga kiritilgan.
Maʼlumot uchun taʼkidlab oʻtish kerak, Jahon kubogi finali yetakchisi aynan shvetsiyalik ushbu sportchi sanaladi. Musobaqa 20-aprel kuni yakuniga yetadi.