Festival davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy sport o‘yinlari, dorbozlik o‘yinlari, tasviriy san'at ko‘rgazmalari, folklor jamoalarining chiqishlari, zargarlik ko‘rgazmalari va gala-konsert bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ta’kidlash kerakki, asrlar osha tariximizni, madaniyatimizni o'zida mujassam etib kelayotgan milliy hunarmandchiligimizdan biri aynan Nurota kashtachiligidir. Shuning uchun ham ajdodlarimiz merosini asrash va qadrlash maqsadida Nurota tumanida har yili "So‘zana va kashta" festivali o‘tkaziladi.