Ochilish marosimida Senator, viloyat hokimi K.Tursunov, tuman hokimi U.Xalilov hamda viloyat (tuman) sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan Nurota “Muruvvat” uyidagilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida turli mavzudagi badiiy kitoblar tuhfa qilindi.

Shundan soʻng, bu yerda yaratilgan sharoitlar va muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan qoʻl mehnati mahsulotlari koʻrgazmalari bilan tanishdi, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: mazkur “Muruvvat” erkaklar internatda bugun 225 nafar 18 yoshdan yuqori boʻlgan birinchi va ikkinchi guruh nogironi hisoblangan imkoniyati cheklanganlar istiqomat qiladi.