Fransiya mamlakati mezbonlik qilayotgan Paralimpiya oʻyinlarining ayollar oʻrtasida yadro uloqtirish (F54) boʻyicha soʻnggi hal qiluvchi final bahsi boʻlib oʻtdi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova yadroni 7.75 metrga uloqtirdi va Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtishimiz joizki, “Parij-2024” Paralimpiya oʻyinlarida hozircha Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medal mavjud.
Maʼlumot uchun, Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush va bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.